Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qovun mahsulotlarida go‘yoki nitrat miqdori me’yordan ortiq ekani va uni iste’mol qilgan fuqarolar zaharlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, viloyatdagi barcha dehqon va oziq-ovqat bozorlarida poliz mahsulotlari, jumladan, qovunlar doimiy ravishda veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ulardagi nitrat miqdori belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq deb topilgandagina savdoga chiqarilishiga ruxsat beriladi.
Ayni kunga qadar viloyatdagi biror tibbiyot muassasasiga qovun iste’moli orqali zaharlanish holati bilan murojaat qilinmagan.
Qayd o‘tilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi qovun navlari Surxondaryo viloyatida yetishtiriladigan mahsulotlarga hech qanday aloqasi yo‘q.