Turkiyada mashhur bo‘lgan aktyorlar Halit Ergench va Riza Kosao‘glu Istanbuldagi norozilik namoyishlari yuzasidan olib borilgan tergov doirasida yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybdor deb topildi. Ularning menejeri Ayshe Barim ham xuddi shu ayblov bilan javobgarlikka tortildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Sud qaroriga ko‘ra, “Muhtasham yuz yil” seriali orqali O‘zbekistonda ham mashhurlikka erishgan Ergench 1 yil 10 oy 15 kun, “Ichkarida” va “Chuqur” seriallari orqali tanilgan Kosao‘glu esa 1 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Aktorlarning himoyachilari sud qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya berish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan. Muxlislar esa ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga nisbatan turlicha munosabat bildirishmoqda.