AsosiyJamiyat

Toshkentda ochiq maydonda yong‘in chiqdi

Toshkent shahar FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

'Toshkentda ochiq maydonda yong‘in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 24 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochiq maydondagi quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, soat 12:33 da tumanning Farobiy ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:31 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar