Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni 28-29-may kunlari O‘zbekistonda keladi. Bu haqda Italiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muzokara va uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Meloni 30 may kuni Qozog‘istonga ketadi. Shu kuni Ostona shahrida mintaqa davlatlari rahbarlari ishtirokida “Markaziy Osiyo – Italiya” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 8 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida Rimdagi Kiji saroyida Mirziyoyev va Melonining muzokaralari bo‘lib o‘tgan.
Shu yili noyabr oyida Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga kelgan. Italiya Prezidenti ham qizi Laura Mattarella hamrohligida Samarqandga borgan.