AsosiyDunyo

Emmanuel Makron ayolidan tarsaki yedi(mi?)

Samolyot bortidagi holatga munosabat bildirildi.

'Emmanuel Makron ayolidan tarsaki yedi(mi?)'ning rasmi

Kecha, 25 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Vetnamga borgan payti ayolidan tarsaki yegani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi. 

Videoda Prezident samolyot eshigidan ko‘rinadi va ichkarida kim bilandir gaplashayotgan vaqtda bir qo‘l uning yuziga yaqinlashib, iyagiga yengil tarsaki tushiradi. Makron bu holatga qisqa hayrat bildiradi, lekin darhol o‘zini tutib, kameralar qarshisida salomlashadi. Keyin u va rafiqasi samolyotdan tushadi. Rafiqasining kiyimi tarsaki tushirilgan kiyimga mos keladi.

Yelisey saroyiga ko‘ra, bu voqea sayohat boshlanishidan oldin Prezident va uning rafiqasi o‘rtasidagi oddiy hazil va quvnoqlik bo‘lgan.

“Bu yaqinlik lahzasi edi. Biroq bu fitna nazariyachilariga yetarli bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Shunda qilib, Yelisey saroyiga ko‘ra, Brijit Makron va Emmanuel Makronning harakatlari hech qanday kuchli janjalni yoki o‘zaro kelishmovchiliklarni aglatmaydi. Bu – hazil.

    Boshqa yangiliklar