Germaniya kansleri Fridrix Mersning ma’lum qilishicha, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSH Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-aslahalarning uzoq masofali zarba berish imkoniyatini endilikda cheklamaydi.
2024 yil kuzida Mers Germaniya kanslerligiga nomzod sifatida qilgan bayonotida Moskvaga nisbatan ultimatumlar qo‘yish niyati borligini bildirgan edi. U Rossiya Federatsiyasidan harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qilib chiqishini, agar bu rad etilsa — Kiyevga Taurus qanotli raketalarini berishini va Rossiya hududiga zarba berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanish taqiqini bekor qilishini aytgan.
Abdulloh Sayyid