AsosiyJamiyat

Bo‘ka tug‘ruqxonasida o‘lgan kelin ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

darakchi.uz avval bu holatni o‘rgangan.

'Bo‘ka tug‘ruqxonasida o‘lgan kelin ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

Avvalroq darakchi.uz Toshkent viloyatidagi kasalxonada homilador kelin o‘lik holda 7 soat saqlangani haqida xabar bergan edi. Ushbu ish bo‘yicha sud ishi boshlangandi. 

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi M.U. o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida mazkur qilmish ehtiyotsizlik orqasida odam o‘limi va boshqacha og‘ir oqibatlarga (homilani nobud bo‘lishiga) sabab bo‘lishida ifodalangan jinoyatni sodir etgan, jumladan sudlanuvchi M.U. Bo‘ka tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida vrach akusher-genekolog lavozimida ishlab kelgan davrda 06.08.2004 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi N.S. 20.11.2024 yilda Bo‘ka tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etgan bo‘lib, RSTEIAM Toshkent viloyati filiali Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limining xulosasida, S.N. o‘limi o‘pkalar qog‘onoq suvi emboliyasi, “HELLP” sindromi, anafilaktik shok, DVS sindromi bilan asoratlanish, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi qayd etilgan. Shuningdek, RSTEIAM Toshkent viloyati filialining 22.01.2025 yildagi xulosasida S.N. o‘limi dori vositasiga (tibbiy hujjatlar ma’lumotlariga ko‘ra, unga “natriy xlor” + “Essensiale forte” aralashmasi vena tomir ichiga yuborilgan) allergik reaksiya oqibatida rivojlangan anafilaktik shok, o‘tkir nafas va yurak, qon-tomir yetishmovchiligi natijasida yuz bergan deyish mumkinligi, ushbu holatda anafilaktik shok “Essensial forte” dori vositasining natriy xlor bilan tomir ichiga yuborilishi natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi, shifokorlar tomonidan homilador ayolga “Essensiale forte” dori vositasi yuborilishidan avval allergik anamnez to‘liq yig‘ilmaganligi, agar shifokorlar tomonidan ayolda to‘liq anamnez yig‘ilgan va “Essensiale forte” preparati qo‘llanmaganda uning hayotini saqlab qolish mumkinligi inkor qilinmasligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, RSTEIAM Toshkent viloyati filiali Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limining xulosasida S.Narziyevaning qiz jinsli 30 haftalik chaqalog‘i o‘limi sababi homilani ona qornida antinatal vafot etganligi ko‘rsatilgan bo‘lib, “Essensiale forte” preparati natriy xlor bilan qo‘llanilishi ortidan S.N.da kelib chiqqan anafilaktik shok  ta’sirida vujudga kelgan o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida S.N. xomilasi nobud bo‘lganligi aniqlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, U.M. - O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilsin va unga nisbatan mazkur modda bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasi bilan 3 (uch) yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni sog‘liqni saqlash tizimlarida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 50-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 (to‘rt) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ozodlikni cheklash jazosi mahkumga nisbatan uning yashash manzili bo‘yicha belgilanib, mahkumni uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etish  butunlay taqiqlansin (ishlash yoki o‘qish vaqtidan tashqari), agar mahkum ishga yoki o‘qishga joylashsa, ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishi cheklandi.

    Boshqa yangiliklar