Bugun, 26 may kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida "Cobalt"ning ustiga daraxt qulab tushdi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, holat soat 13:20 larda Marhamat tumani “Dukchi Eshon” MFY Ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.
1993 yilda tug‘ilgan haydovchi I.F. o‘zining avtomashinasini qatnov qismining chetiga qo‘yib, tushlik qilish uchun oshxonaga kirib ketgan vaqtida ob-havo keskin o‘zgarib, kuchli shamol esishi oqibatida chinor daraxti avtomashina ustiga qulab tushgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, avtomashina shikastlangan.