Turkiyada rossiyaliklar orasida ommalashgan Papara to‘lov tizimi egasi Ahmad Karsli qo‘lga olindi. Ta’kidlanishicha, Papara noqonuniy qimor va stavkalarni moliyalashtirishda muhim vositaga aylangan va uning faoliyati to‘lov xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Papara Rossiya fuqarolari orasida, xususan, ularning xalqaro kartalari chet elda bloklangani ortidan ommalashgan. Ushbu tizim orqali foydalanuvchilar xorij pasporti asosida onlayn hisob ochishlari mumkin va buning uchun Turkiyaga borish shart bo‘lmaydi. Shaxsiy ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, sarf-xarajatlar limiti oshirilishi mumkin.
Abdulloh Sayyid