AsosiyDunyo

Yevrokomissiya “Pornhub” va boshqa kattalar uchun mo‘ljallangan platformalarga qarshi tergov boshladi

Yevropa qonunchiligiga ko‘ra, bunday platformalar 18 yoshga to‘lmaganlarning pornografik materiallarga kirishini oldini olishi shart.

'Yevrokomissiya “Pornhub” va boshqa kattalar uchun mo‘ljallangan platformalarga qarshi tergov boshladi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi rasmiy ravishda Pornhub, Stripchat, XNXX va XVideos platformalariga qarshi tergov boshlaganini ma’lum qildi.

Bunga sabab — ushbu saytlarda foydalanuvchilarning yoshini tekshirish yetarlicha qat’iy emasligi. Agar bu orqali voyaga yetmaganlar kontentga erkin kira olgani tasdiqlansa, platformalarni yirik jarimalar kutmoqda.

Yevropa qonunchiligiga ko‘ra, bunday platformalar 18 yoshga to‘lmaganlarning pornografik materiallarga kirishini oldini olishi shart.

Biroq hozirgacha ushbu to‘rtta xizmatda foydalanuvchilar yoshini faqat bitta tugmani bosish orqali “tasdiqlagan” — bu esa yetarli himoya sanalmaydi.

Yevrokomissiya endi qo‘shimcha dalillar to‘plashni rejalashtirmoqda — masalan, so‘rovnomalar orqali. Platformalar esa tergov yakuniga yetmasidan avval muammolarni bartaraf etish va yoshni aniqlash tizimini kuchaytirish orqali jazodan qutulish imkoniga ega.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilarga o‘z shaxsini oshkor qilmasdan yoshini ishonchli tarzda tasdiqlash imkonini beradigan maxsus ilova ustida ham ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar