AsosiyJamiyat

Qurbon hayiti qachon nishonlanadi?

Bayram kunini O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi ma’lum qildi.

'Qurbon hayiti qachon nishonlanadi?'ning rasmi

O‘zbekistonda Zulhijja oyining birinchi kuni bugun, 28 mayga to‘g‘ri keldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi ma’lum qildi. 

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun, juma kuni nishonlanadi.

Hozircha Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun va qaysi kunlar dam olish kuni bo‘lishi rasman e’lon qilingani yo‘q.

    Boshqa yangiliklar