AsosiyDunyo

Bugun Yerdan uchta potensial xavfli asteroid uchib o‘tadi

Bu haqida NASA xabar bergan.

'Bugun Yerdan uchta potensial xavfli asteroid uchib o‘tadi'ning rasmi

Bugun, 28 may kuni, Yer yaqinidan potensial xavfli deb tasniflangan uchta asteroid uchib o‘tishi kutilmoqda. AQSH Milliy Aeronavtika va Kosmik Ma’muriyati (NASA) xabariga ko‘ra, bu kosmik jismlar sayyoramizga tahdid solmaydi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh tizimidan yaqinlashayotgan obyektlar quyidagilar:

2025 KVt – diametri 29,7 metr

2025 JR – diametri 79,5 metr

2025 KU1 – diametri 20,2 metr

NASA ushbu asteroidlarni ularning hajmi va Yerga nisbatan yaqinligi sababli “potensial xavfli” deb tasniflaydi. Biroq, ular bizning sayyoramizga to‘qnashish xavfini tug‘dirmaydi.

Shuningdek, 26–27 may kunlari 2025 KT1 (12,8 m) va 2025 JP (25,3 m) asteroidlari ham Yer yaqinidan uchib o‘tgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday asteroidlarning aksariyati atmosferaga kirgan zahoti yonib ketadi va real xavf tug‘dirmaydi.

NASA har yili Yer yaqinidagi 3 000 dan ortiq yangi asteroidlarni aniqlaydi. Ushbu obyektlar taxminan 4,6 milliard yil avval Quyosh tizimi shakllangan davrda hosil bo‘lgan asteroid kamarining bir qismi hisoblanadi.

NASA prognozlariga ko‘ra, Yerni yaqin 100 yil ichida xavfli asteroid bilan to‘qnashish xavfi kutmayapti.

    Boshqa yangiliklar