Eron janubida 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yer tekinishlarining episentri aholisi taxminan 352 ming kishini tashkil etuvchi Bandar-Abbas shahridan 158 km shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.
Jabrlanuvchilar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.