AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways 1 iyun kuni munosabati bilan 50% gacha chegirmalar e’lon qildi

Chegirma faqat bir kun amal qiladi.

'Uzbekistan Airways 1 iyun kuni munosabati bilan 50% gacha chegirmalar e’lon qildi'ning rasmi

Faqatgina 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bolalar uchun aviachiptalarga kattalar tarifidan 50% gacha oshirilgan chegirma taqdim etdi.

Odatda bolalar uchun chegirma 25% ni tashkil qiladi, ammo faqat shu kuni u ikki baravar ko‘payadi – barcha yo‘nalishlar va barcha muntazam aviaqatnovlar uchun. Farzandlaringizga yangi sayohat, taassurot va parvoz quvonchini hadya eting.

Chegirma kattalar hamrohligida sayohat qilayotgan 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi.

Yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi va ularga chegirma qo‘llanilmaydi. 

    Boshqa yangiliklar