AsosiyJamiyat

Ben Kingsley ishtirok etgan Islom tsivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo'l oldi.

Final bosqichida hujjatli film bronza, kumush yoki oltin toifalari bo‘yicha mukofotlardan biriga da’vogarlik qiladi.

'Ben Kingsley ishtirok etgan Islom tsivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yo'l oldi.'ning rasmi

O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mualliflik tashabbusi asosida yaratilgan "Ma’rifat aks-sadosi" hujjatli filmlar seriyasi jahon kino sanoatining nufuzli mukofotlaridan biri — New York Festivals TV & Film Awards 2026 tanlovining final bosqichiga yo‘l oldi. Loyihada jahon miqyosida tan olingan, "Oskar" mukofoti sohibi aktyor Ben Kingsley ishtirok etgan.

Mazkur yutuq loyihaning xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanganini anglatadi. Final bosqichida hujjatli film bronza, kumush yoki oltin toifalari bo‘yicha mukofotlardan biriga da’vogarlik qiladi. Tanlov g‘oliblari 2026 yil 21 may kuni bo‘lib o‘tadigan Storytellers Gala taqdimlash marosimi doirasida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Hujjatli film islom olamining boy intellektual va ma’naviy merosini Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar — Xorazmiy, Farghoniy, Ibn Sino va boshqa allomalarning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi orqali keng yoritib beradi. Shuningdek, loyihada Temuriylar va Boburiylar davri, hamda mintaqaning boshqa tarixiy tsivilizatsiyalari merosi chuqur tahli qilinib, ularning ilm-fan, tibbiyot va falsafa rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy-ommabop yondashuvda taqdim etilgan.

Avvalroq, mazkur loyiha materiallari xalqaro auditoriyaga taqdim etilgan bo‘lib, CNN, BBC va Euronews kabi yetakchi jahon telekanallarida efirga uzatilgani uning global axborot maydonidagi nufuzini yanada oshirdi.

New York Festivals TV & Film Awards xalqaro mukofoti televidenie va kino sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lib, qat’iy saralash tizimi, ishtirokchilarning keng geografiyasi hamda raqobatning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Ushbu mukofot doirasida ilgari BBC, National Geographic va Netflix kabi yetakchi media kompaniyalar tomonidan yaratilgan loyihalar eng yuqori baholarga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi bugungi kunda xalqaro ilmiy-madaniy maydonda faol pozitsiyani egallab, akademik tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va global media kommunikatsiyalar uyg‘unligiga asoslangan loyihalarni izchil amalga oshirib kelmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Interpol qidiruvida bo'lgan ikki o'zbekistonlik Turkiyada ushlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:27

    Interpol qidiruvida bo'lgan ikki o'zbekistonlik Turkiyada ushlanadi

    Yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgan shaxslar Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

    'Chustda soliqchi pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:49

    Chustda soliqchi pora bilan qoʻlga tushdi

    Solik hodimi 20 mln pora olgan vaqtida ushlangan.

    'Prezident islomiy bank joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:51

    Prezident islomiy bank joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi

    Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun qabul qilindi.

    'Toshkent metrosida poyezd nosozlik sabab toʻxtab qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:48

    Toshkent metrosida poyezd nosozlik sabab toʻxtab qoldi

    Toshkent metrosida poyezd 30 daqiqa davomida tunnel ichida to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan metropoliten axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

    'Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:27

    Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

    Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazidagi “Zayd ibn Sulton an-Nahayyon” masjid-majmuasida O‘zbekiston delegatsiyasi va Shvetsiya diniy peshvolari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

    'Sirdaryolik yigit Telegramda virus tarqatib, 2 mlrddan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:13

    Sirdaryolik yigit Telegramda virus tarqatib, 2 mlrddan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi

    Telegram orqali tarqatilgan virus ilovalar yordamida odamlarni chuv tushirgan yigit qo'lga olindi.