Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bolalarni asrab-avaylashga, ularning so‘zlariga quloq tutishga chaqirdi.
15 may kuni “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida“gi qonun kuchga kirdi – davlatimiz har bir o‘g‘il-qizning beg‘ubor bolaligi baxtli o‘tmog‘i uchun barcha choralarni ishga solmoqda.
Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida o‘sib-ulg‘aysin. Hammamizning umr yo‘limiz bolalik bekatidan boshlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks-sado berib turadi. Bolalarni asrab-avaylang. So‘zlariga quloq tuting. Ularni o‘rab turgan atrof-olam shodlikka to‘la bo‘lsin, — deydi Saida Mirziyoyeva.