Hindistonda antibiotiklar yetishmasligi oqibatida aholi orasida xavfli infeksiyali kasalliklarga chalinish holatlari ko‘payib ketgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrikani o‘z ichiga olgan sakkizta asosiy past va o‘rta daromadli mamlakatlarda tadqiqot o‘tkazildi. Unda CRGN infeksiyalarining (superbakteriyalar) antibiotiklarga chidamliligio‘rganilgan. Bakteriyalarga qarshi faol bo‘lgan sakkizta dorining ta’siri baholangan.
Ular qatorida eski antibiotiklardan tortib, Colistin va Ceftazidime-avibactam kabi yangi preparatlargacha bor. Ularning orasida Tigetsiklin eng keng qo‘llangani hisoblanadi. Tadqiqot davomida bemorlarning atigi 6,9 foiziushbu dorilar yordamida shifo topgani aniqlangan.
Hindiston CRGN infeksiyalari tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Mamlakat tadqiq qilingan antibiotiklarning 80 foizini sotib olgan. Lekin kasallanganlarning atigi 7,8 foizini davolay olgan, xolos.
Bu bakteriyalar suvda, ovqatda, atrof-muhitda va inson ichagida uchraydi. Ular siydik yo‘llari infeksiyasi, zotiljam va ovqatdan zaharlanish kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlangan. Ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yoshi kattalar xavf ostida bo‘ladi. CRGN (Karbapenemga chidamli gram-manfiy) infeksiyalarni davolash ikki baravar qiyin, chunki ular eng kuchli antibiotiklarga ham qarshilik ko‘rsata oladi.
“Bu infeksiya turli yoshdagi bemorlarda har kuni uchramoqda. Ko‘p hollarda hech qaysi antibiotik ta’sir qilmayapti va bemorlar vafot etmoqda”, dedi yuqumli kasalliklar doktori Abdul Gaffar.