AsosiyJamiyat

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi

Joriy yilning 28 may - 3 iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazildi.

'Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida tashkil etilgan bahslarda dunyoning 13 ta mamlakati (Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mongoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston)dan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 115 nafar (28 ta jamoa) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati tarkibiga Turkiya, Saudiya, Rossiya, Belarus va Angliyadan xalqaro ekspertlar jalb etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumiy hisobda 69 nafar (12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 19 ta (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan mazkur xalqaro olimpiadaning yakka peshqadam jamoasiga aylandi.

Mazkur olimpiada ilk bor 2023 yili Xiva shahrida o‘tkazilgan va unda 15 ta mamlakatdan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 130 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qatnashgan.

Unda O‘zbekiston vakillari umumiy hisobda 15 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush, 4 ta bronza) medal bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uchun: 2022 yilda yurtimiz o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida — 46 ta, 2023 yilda — 91 ta, 2024 yilda — 128 ta, 2025 yil iyun oyiga qadar — 151 ta medalni qo‘lga kiritdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonga keluvchi turistlar soni 2030-yilgacha 20 millionga yetkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:13

    Oʻzbekistonga keluvchi turistlar soni 2030-yilgacha 20 millionga yetkaziladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan turizmni rivojlantirish va turistlar oqimini ikki baravaraga oshirish rejasi ishlab chiqildi.

    'O'zbekistonga sayyohlar oqimi 11,5 millionga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:28

    O'zbekistonga sayyohlar oqimi 11,5 millionga yetdi

    So‘nggi yillarda turizm iqtisodiyotning barqaror o‘sib borayotgan strategik tarmog‘iga aylandi.

    'Samarqandda er rafiqasini urgani uchun 12 sutka qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:22

    Samarqandda er rafiqasini urgani uchun 12 sutka qamoqqa olindi

    12 yil davomida turmush o‘rtog‘idan muntazam zo‘ravonlik ko‘rgan ayol sudga murojaat qildi.

    'Eron osmoni yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:37

    Eron osmoni yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi

    15 yanvar kuni Eron havo hududi yopilgani tufayli O‘zbekiston bilan bog‘liq qator xalqaro reyslar parvozini davom ettira olmadi.

    'Energiya resurslaridan samarali va tejamkor tarzda foydalanishni ta’minlash'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    Energiya resurslaridan samarali va tejamkor tarzda foydalanishni ta’minlash

    Энергия самарадорлигини оширишга қаратилган ечимларнинг кенг жорий этилиши натижасида уй хўжаликларининг қарийб 90 фоизи энергия сарфини камайтиришга қаратилган камида битта чора-тадбирни амалга оширган.

    'Oʻzbekistonda bayroqdor dronlar bilan jihozlangan yangi maxsus boʻlinma tuzildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:56

    Oʻzbekistonda bayroqdor dronlar bilan jihozlangan yangi maxsus boʻlinma tuzildi

    Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov O‘zbekiston chegaralarida bayroqdar uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ta’minlangan maxsus bo‘linma jangovar navbatchilikka qo‘yilganini ma’lum qildi.