AsosiyDunyo

Kaliforniya gubernatori Trampga tahdid qildi

Nyusom: "Soliq to‘lashni to‘xtatish vaqti kelgandir"

'Kaliforniya gubernatori Trampga tahdid qildi'ning rasmi

Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom Donald Trampning shtatga ajratiladigan mablag‘larni qisqartirish rejasiga javoban, federal soliqlarni to‘lashni to‘xtatish bilan tahdid qildi. U Kaliforniya har yili federal hukumatdan oladigan mablag‘dan 80 milliard dollar ko‘proq soliq to‘layotganini ta’kidladi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Kaliforniya universitetlariga federal grant ajratishni butunlay to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda. Bu uning shtatdagi siyosiy qarorlar ustidan nazorat o‘rnatish harakati sifatida baholanmoqda.

Tramp avvalroq ham Kaliforniyaga nisbatan moliyaviy bosim o‘tkazishga uringan. May oyida u transsportchi qizlar maktab musobaqalarida qatnashsa, shtatga ajratiladigan mablag‘ni to‘xtatish bilan tahdid qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar