AsosiySport

O‘zbekiston va Qatar o‘yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi

Mazkur o‘yindagi hisob jamoa uchun hech qanday ahamiyat keasb etmasada, muxlislar ulardan chiroyli futbol va g‘alaba kutmoqda.

'O‘zbekiston va Qatar o‘yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi'ning rasmi

Ertaga Futbol bo‘yicha Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida so‘nggi 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Mazkur turda Jahon chempionati yo‘llanmasini bir tur oldin hal qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan o‘ynaydi.

Poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida kechadigan uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi. Bahsni xitoylik hakamlar boshqaradi. Bosh hakam Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida Jin Jingyuan, VAR tizimida Fu Ming ishlaydi.

Mazkur o‘yindagi hisob jamoa uchun hech qanday ahamiyat keasb etmasada, muxlislar ulardan chiroyli futbol va g‘alaba kutmoqda.

O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari 2000 yildan buyon Jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichlari, Osiyo chempionati hamda o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida jami 16 marta to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinlarning 9 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, 3 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. 4 o‘yinda esa Qatar jamoasi ustunlikka erishgan.

 Mamlakatimiz bosh jamoasi  o‘rin olgan "A" guruhida, shuningdek, Qirg‘iziston – BAA, Eron – KXDR o‘zaro bahs olib boradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди'ning rasmi

    Sport 13.09.2025 16:39

    ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди

    Yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

    '8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi'ning rasmi

    Sport 12.09.2025 08:15

    8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

    Mazkur bellashuv Liverpul shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

    'Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi'ning rasmi

    Sport 09.09.2025 10:21

    Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi

    Maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan past bo'lgan tuman (shahar)larda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik sub'ektlariga qator yengilliklar beriladi.

    'Mirziyoyev O‘zbekiston futbolchilariga “CAFA Nations Cup” kubogini topshirdi'ning rasmi

    Sport 09.09.2025 01:39

    Mirziyoyev O‘zbekiston futbolchilariga “CAFA Nations Cup” kubogini topshirdi

    Prezident Olimpiya stadionida boʻlib oʻtgan finalda milliy terma jamoa gʻalabasiga shaxsan guvoh boʻldi.

    'Braziliyada penaltini qaytargan darvozabon halok bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 05.09.2025 12:26

    Braziliyada penaltini qaytargan darvozabon halok bo‘ldi

    Mini-futbol uchrashuvida seyvdan so‘ng bayram qilmoqchi bo‘lgan sportchi hushini yo‘qotib, maydonda jon berdi.

    'Messiy futboldan ketishi mumkin'ning rasmi

    Sport 05.09.2025 09:30

    Messiy futboldan ketishi mumkin

    Лионель Месси 4 сентябрь кунги ўйинини “жуда махсус” деб атади. У бу баҳсдан сўнг халқаро футболдаги фаолиятига нуқта қўйиши мумкинлигини айтди.