AsosiyDunyo

Istanbulda Qur’on o‘rgatuvchi 24 nafar o‘quvchiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan

Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligiga mahalliy hokimiyat idoralari orqali aniqlik kiritilmoqda.

'Istanbulda Qur’on o‘rgatuvchi 24 nafar o‘quvchiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan'ning rasmi

 Istanbul shahrining Baxchelievler tumanidagi Diyonat boshqarmasiga qarashli Qur’on kurslarida tahsil olgan 24 nafar voyaga yetmagan o‘quvchi jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani haqidagi xabarlar keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qiladi.

Ta’uidlanishicha, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligiga mahalliy hokimiyat idoralari orqali aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq yuqoridagi holat bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, Turkiya hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan yashirin diniy ta’lim muassasalarida voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari aniqlangani va bir qator shaxslar javobgarlikka tortilganini ma’lum qilinmoqda.

"Farzandlaringizni begona shaxslarga ishonib, chet eldagi norasmiy diniy ta’lim muassasalariga yubormang. Ularning taqdiri va xavfsizligi – sizning e’tiboringiz va mas’uliyatingizga bog‘liq!

Agar sizda shubhali ta’lim muassasalari yoki bolalar huquqlariga tajovuz holatlari haqida aniq ma’lumot bo‘lsa, darhol Bosh konsulxonaga murojaat qilishingizni so‘raymiz", - deyiladi  Bosh konsulxona xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kolumbiyada 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 09.06.2025 17:46

    Kolumbiyada 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    Taxminan 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzila yaqin atrofdagi shaharlarda, ayniqsa poytaxt Bogota shahrida sezildi.

    'Yevropada qizamiqdan kasallanish holatlari tez suratda ko‘paymoqda'ning rasmi

    Dunyo 09.06.2025 15:18

    Yevropada qizamiqdan kasallanish holatlari tez suratda ko‘paymoqda

    2025 yilda kasallanish holatlari eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi.

    'Buxoroda katta miqdordagi gaz o‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo 09.06.2025 11:42

    Buxoroda katta miqdordagi gaz o‘g‘irligi fosh etildi

    Bildirilishicha, uch tumanda qariyb 500 millionga yaqin gaz talon-toroj qilingan.

    'Kolumbiyada kuchli zilzila yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo 09.06.2025 10:34

    Kolumbiyada kuchli zilzila yuz berdi

    Zilzila 10 km chuqurlikda qayd etilgan.

    'Kaliforniya gubernatori Trampni tanqid qildi'ning rasmi

    Dunyo 09.06.2025 10:09

    Kaliforniya gubernatori Trampni tanqid qildi

    Geyvin Nyusom Trampning topshirig‘i bilan Los-Anjelesga yuborilgan milliy gvardiya kuchlarini “shtat suverenitetiga tahdid”, deb atadi.

    'Sinvarning jasadi topildi: G‘azo urushida yana bir burilish'ning rasmi

    Dunyo 09.06.2025 09:12

    Sinvarning jasadi topildi: G‘azo urushida yana bir burilish

    Isroil armiyasi Muhammad Sinvarning jasadi G‘azodagi Yevropa kasalxonasi ostidagi tunnelda topilganini bildirdi. “Hamas” bu xabarni hali rasman tasdiqlamadi.