AsosiyDunyo

AQSHda deportatsiyalarga qarshi norozilik boshlandi

Holat ortidan 60 kishi xabisga olingan.

'AQSHda deportatsiyalarga qarshi norozilik boshlandi'ning rasmi

Bugun, 10 iyun kuni San-Fransisko shahrida deportatsiyalarga qarshi o‘tkazilgan tinch norozilik namoyishi kechga borib zo‘ravonlik bilan tus oldi.

Shaharning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, norozilik ishtirokchilari tomonidan “hujumlar, og‘ir vandalizm va mol-mulkka yetkazilgan zarar” kabi jinoyatlar sodir etilgan.

Shu sababli huquq-tartibot organlari yig‘ilishni noqonuniy deb topdi va namoyishchilarni tarqatishga kirishdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqealar davomida ikki nafar politsiya xodimi jarohatlangan, ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan, biroq hayotiga xavf yo‘q. Hibsga olinganlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor.

Ushbu to‘qnashuvlar AQSHning Los-Anjeles atrofida o‘tkazilgan immigratsion reydlardan keyin boshlangan. Bir hafta davomida federal idoralar tomonidan migratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilingan 118 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Kaliforniyadagi norozilik harakatlarini “bosib olish va okkupatsiya” deb atadi va shtatga Milliy gvardiyani yuborishga farmon berdi.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom esa ushbu qarorni “noqonuniy” deb atab, unga qat’iy qarshi chiqdi hamda federal hukumat ustidan sudga murojaat qilishini ma’lum qildi.

Mazkur voqealar AQSHda immigratsion siyosatning keskinlashuvi fonida sodir bo‘lmoqda va federal hamda shtat hokimiyati o‘rtasidagi ziddiyatni yanada kuchaytirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil tomonidan Eron yadroviy infratuzilmasiga uyushtirilgan zarba: mavjud ma’lumotlar sharhi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:30

    Isroil tomonidan Eron yadroviy infratuzilmasiga uyushtirilgan zarba: mavjud ma’lumotlar sharhi

    “Darakchi.uz” Eron hamda Isroilda kuzatilayotgan mojarolar ostida yuzaga kelgan holatlar xronologiyasini ma’lum qiladi.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar raketa hujumi sababli ogohlantirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:49

    Isroildagi o‘zbekistonliklar raketa hujumi sababli ogohlantirildi

    O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat fuqarolariga raketa hujumidan saqlanish uchun qat’iy chollarni belgilab berdi.

    'Isroil Eronning qaysi hududlariga hujum qilgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:20

    Isroil Eronning qaysi hududlariga hujum qilgani aytildi

    Bildirilishicha, mamlakat Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq o‘nlab obyektlarga zarba bergan

    'Isroil Eron hududiga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:13

    Isroil Eron hududiga zarba berdi

    Ushbu harakat ortidan Isroilda favqulodda holat joriy etildi.

    'Rossiyaliklar Germaniyani yomon ko‘radimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:04

    Rossiyaliklar Germaniyani yomon ko‘radimi?

    Tarixchi Rossiya propagandasining hiylalarini ochib berdi.

    'Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortida 244 kishi bo‘lgan- OAV'ning rasmi

    Dunyo 12.06.2025 15:20