AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya hukumati vakillarini qabul qildi

Davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya hukumati vakillarini qabul qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozog‘iston, Tojikiston bosh vazirlari, Qirg‘iz Respublikasi Prezident administratsiyasi rahbari, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatlar o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar doirasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Avtosanoat, elektrotexnika, to‘qimachilik, metallurgiya, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish va ustuvor tarmoqlarda, shu jumladan hududlar darajasida sanoat kooperatsiyasining uzoq muddatli dasturini shakllantirish bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari tomonidan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi muhim ekani qayd etildi.

Energetika va transport kommunikatsiyalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 va Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiya va Hududlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini samarali tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar