AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida "KamAZ" velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani bosib ketdi

Holat yuzasidan ma’lumot berildi.

'Toshkent viloyatida "KamAZ" velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani bosib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida "KamAZ" velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani bosib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 iyun kuni soat tahminan 11:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Baytish" MFY hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan K.T “MAN TGS” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchiga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan velosipedchi 2016 yilda tug‘ilgan Yu.E.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida, velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar