Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida jami 22,6 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 ming nafarga yoki 35,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- sayohat – 13 937 nafar;
- xizmat yuzasidan – 5 959 nafar;
- o‘qish – 2 540 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 203 nafar;
- tijorat – 8 nafar;
- davolanish – 2 nafar.