AsosiyDunyo

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti quladi

Samolyot bortida 130 kishi bo‘lgan.

'Hindistonda yo‘lovchi samolyoti quladi'ning rasmi

Bugun Hindiston G‘arbidagi Axmadobod shahri yaqinida yirik aviahalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner uchog‘i mahalliy vaqt bilan ertalab soat 09:30 atrofida yerga qulagan.

Samolyot Axmadoboddan London shahriga reysni amalga oshirayotgani va uning bortida 133 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgani ma’lum qilindi. Halokat vaqtida uchoq yonib ketgan.

Hindiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (DGCA) tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda tergov ishlari boshlangan.

Hozircha rasmiylar halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar sonini aniq bayon etmagan bo‘lsalar-da, mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, halokat oqibatida 100 nafarga yaqin inson qurbon bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ayni paytda Axmadobod xalqaro aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, reyslar vaqtincha kechiktirilmoqda yoki boshqa manzillarga yo‘naltirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30