Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida kuchli shamol uylarning tomini uchirib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, tegishli tashkilotlar kuch vositalari hodisa joyiga yetib borib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.
Ma’lum bo‘lishicha shamol oqibatida bitta to‘rt qavatli uyning tom qismi zarar ko‘rgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.