AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

'Qashqadaryoda hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Qayd etilishicha, Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln. so‘m pora talab qilgan.

Shundan 7 mln. so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar