AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan gaz ta’minoti tashkilotiga katta miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

'Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi'ning rasmi

2025 yil iyun oyida “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan rejalashtirilgan nazorat tadbiri davomida Parkent tumanida joylashgan “S. S. B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino hududida gaz ta’minoti tizimida jiddiy qonunbuzarlik holati aniqlangan.

Xususan, mazkur obyektda o‘rnatilgan gaz hisoblagich qurilmasiga tashqi ta’sir o‘tkazilgan bo‘lib, buning natijasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik oqibatida gaz ta’minoti tashkilotiga 999,2 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar