AsosiyJinoyat

Buxoroda mansabdorlar davlat manfaatlariga katta moddiy zarar yetkazdi

Qonunbuzarlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlandi.

'Buxoroda mansabdorlar davlat manfaatlariga katta moddiy zarar yetkazdi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan  murojaat asosida olib borilgan xizmat tekshiruvi davomida “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” aksiyadorlik jamiyatining sobiq rahbarlari tomonidan qonunbuzarlik holatlari sodir etilgani aniqlandi.

2021–2022 yillarda mazkur AJ tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB To‘qimachilik biznes markazi orqali aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida umumiy 30,5 milliard so‘m kredit olingan. Ushbu kredit ta’minoti sifatida jamiyat balansida bo‘lgan, umumiy maydoni 150,134 kv/m bo‘lgan bino-inshootlar 50 milliard so‘m qiymatida baholanib, garovga qo‘yilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mansabdor shaxslar oldindan o‘zaro kelishgan holda kredit olish jarayonida jamiyat kuzatuv kengashi roziligisiz soxta va yolg‘on ma’lumotlarni rasmiy hujjatlarga kiritib, bankka taqdim etgan.

Shuningdek, olingan kredit mablag‘lari samarasiz yo‘naltirilgani sababli jamiyat va bank tizimiga jami 19,6 milliard so‘mga yaqin moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishga aloqador barcha shaxslarning javobgarligi masalasi huquqiy tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar