AsosiyJamiyat

Sergelida bir guruh ayollar mushtlashdi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

'Sergelida bir guruh ayollar mushtlashdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 16 iyun kuni Sergeli tumanining Yangi Sergeli ko‘chasida yuz bergan. 1990 yilda tug‘ilgan N.E. tanishlari – 1994 yilda tug‘ilgan X.O. 1988 yilda tug‘ilgan M.X. va 1991 yilda tug‘ilgan M.M.lar bilan o‘zaro gap talashib qolgan. So‘ng ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida bo‘la turib, urishib ketgan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ayollar tibbiyot muassasasiga tan jarohatlari bilan murojaat qilmagan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar