AsosiyJamiyat

Buxorolik voyaga yetmagan aka-uka chet elda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

Bolalar xorijga ota-onasi bilan ketgan bo‘lgan.

'Buxorolik voyaga yetmagan aka-uka chet elda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi'ning rasmi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyatida o‘z ota-onasi tomonidan chet elda qarovsiz qoldirilgan aka-ukalar aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarildi. Vatanga qaytgan bolalar Buxoro tumani “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nazoratga olindi.

Markazning huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchisi tomonidan onalik huquqidan mahrum qilish va aliment undirish yuzasidan fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Bolalar esa Peshku tumanidagi Oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Ularning ta’lim olish huquqini ta’minlash va ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha fan to‘garaklariga jalb qilindi.

    Boshqa yangiliklar