AsosiyJamiyat

Xorazmda 356,6 mln, Toshkent viloyatida 315,4 mln, Nukusda esa 170 mln so‘mlik "svet" o‘g‘irlangan

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

'Xorazmda 356,6 mln, Toshkent viloyatida 315,4 mln, Nukusda esa 170 mln so‘mlik "svet" o‘g‘irlangan'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.F.” oilaviy korxonasi rahbari F.M. korxonaning umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 356,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.R. Toshkent tumani, “Zarbdor” MFY hududidagi xonadonida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan non yopib sotish bilan shug‘ullanib kelib, gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, jami 315,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Nukus tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.K.” MCHJ mas’ul shaxslari elektr nasosga o‘rnatilgan hisoblagichga shikast yetkazib, jami 170 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 22.06.2025 17:10

    'Buxorolik voyaga yetmagan aka-uka chet elda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 22.06.2025 16:15

    'O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat 22.06.2025 15:07

    O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda

    O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi.

    'Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?'ning rasmi

    Jamiyat 22.06.2025 12:52

    'Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.06.2025 08:24

    Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

    22 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Toshkentdagi tergov hibsxonasida mahbuslar og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 21:04

    Toshkentdagi tergov hibsxonasida mahbuslar og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlandi

    Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar soni belgilangan me’yordan oshib ketgan.