AsosiyJamiyat

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar o‘tkaziladi

Bundan tashqari, “E-Kengash” elektron platformasi “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi.

'Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar o‘tkaziladi'ning rasmi

Prezident farmongia ko‘ra, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga quyidagi vakolatlar o‘tkaziladi.

Jumladan:

  • davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini belgilash;
  • dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflar miqdorini tasdiqlash;
  •  yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat berish.

Budjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy budjet xarajatlarining muayyan qismi mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari hamda Maslahat guruhlari tashkil etiladi.

 Bundan tashqari, “E-Kengash” elektron platformasi “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi

    Boshqa yangiliklar