Bugun, 26 may kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida Gentra rusumli mashina to‘liq yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:29 da Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra avtomobili yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.