AsosiyJamiyat

"Mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda!"

Saida Mirziyoyeva OAV xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

'"Mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda!"'ning rasmi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

27 iyun – O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

"O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir. Ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va o‘quvchilaringiz-obunachilaringiz oldidagi mas’uliyatingiz uchun har biringizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Jasoratingiz va tahririyat siyosatini, pozitsiyangizni himoya qilishga doimo tayyorligingiz e’tirofga loyiq. O‘zbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha jurnalistlarni tabriklayman — mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar aynan Sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda. Rahmat! Bayramingiz muborak bo‘lsin!", deyiladi tabrik so‘zida.

    Boshqa yangiliklar