AsosiyJamiyat

Bugun harorat 41 darajagacha ko‘tariladi

28 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun harorat 41 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zgidrometning bergan xabariga ko‘ra, 28 iyun kuni kechasi 18-25, kunduzi esa 30-41 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s, ayrim hududlarda 13-22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

 Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

 Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 7-12 m/s, ba’zan 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

 Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s, ba’zan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 Tog‘li va tog‘oldi hududlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar