Unga ko‘ra, ushbu holat Urganch tumani, Chandirqiyot qishlog‘i, “Baqaylar” mahallasi hududida kuzatilgan.
Hozirda shoqollarni O‘zbekistonning “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq muhofaza qilish choralarini ko‘rish hamda inson xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida havaskor ovchilar guruhi shakllantirilib, hurkitish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.