Bugun, 2 iyul kuni Poytaxt Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonasining omborxonasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yong‘in tungi soat 02:47 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan qandolat ishlab chiqarish korxonasining omborxonasida yuz bergan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:56 da yong‘inga yetib borib, 03:49 da yong‘in qurshab olgan. Yong‘in soat 05:22 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi qayd etilgan.
Biroq hodisa ortidan yetkazilgan zarar to‘liq ochiqlanmagan.