Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa tongi soat 04:07 da Yangihayot tumani, Do‘stlik 2 dahasi 13 uy orqasida yuz bergan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.