AsosiyJamiyat

Namanganda noqonuniy gaz ulanishi aniqlandi

Buning ortidan davlatga 200 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

'Namanganda noqonuniy gaz ulanishi aniqlandi'ning rasmi

Namangan viloyatining Yangi Namanagan tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi novvoyxonalardan birida faoliyat yuritayotgan fuqaro Z.L. o‘ziga tegishli bo‘lgan ushbu obyektda umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz tarzda ulanib, uni tijorat maqsadida ishlatgan.

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida Z.L. jami 200,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar