2 iyulga o‘tar kechasi Turkmanistonning Ahal viloyatida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi Bahorli hududida, 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Ushbu tabiiy hodisa haqida xalqaro seysmologiya markazlari axborot bergan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyodagi zilzilalarni kuzatib boruvchi O‘zbekistonning Seysmoprognoz monitoring markazi bu haqda hech qanday ma’lumot e’lon qilgani yo‘q.
Hozircha zilzilaning O‘zbekiston hududlarida sezilgan-sezilmagani, shuningdek, rasmiy izoh mavjud emas.