AsosiyJamiyat

Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda

13 ta metro bekati vestibyullaridagi kassalarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

'Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda'ning rasmi

Toshkent metropoliteni Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar xarid qilinish ko‘rsatgichi keskin kamaygani aniqlangan. 

Ilgari bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yo‘lovchilarining 45-50% foydalangan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib qariyb 6-7% ni tashkil qilmoqda.

Shu boisdan, naqd pul ko‘rinishida to‘lovni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan 13 ta metro bekatlarining (Mirzo Ulug‘bek, Xalqlar do‘stligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, “Pushkin”, Do‘stlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy ) 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi va ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, metro yo‘lovchilari kassa yopilgan vestibyullarda ham avtomatlashtirilgan to‘lov turlarining boshqa usullari orqali to‘lov qilish imkoniyatiga egalar. (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boshqa to‘lov usullari).

“Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, yuqoridagi to‘lov usullarining afzalliklari, yo‘lovchilar o‘z vaqtlarini tejashlari yani kassa oldida navbat kutmasdan, qolaversa, metroda yo‘l haqini arzon tarifda to‘lashlari mumkin”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar