AsosiyJamiyat

Buxoroda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida kelib chiqqan yong‘in sabab 9 kishi ichkarida qolib ketdi

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

'Buxoroda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida kelib chiqqan yong‘in sabab 9 kishi ichkarida qolib ketdi'ning rasmi

Kecha, 8 iyul kuni Buxoro viloyatidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, holat kechasi soat 16:47 da Buxoro shahar “A.G‘ijduvoniy” MFY, B.Naqshband ko‘chasida sodir bo‘lgan.

 

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:51 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:03 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha yerto‘lada taxminan 20 kv.m maydonda chiqindilar yongan.

 

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning kirish eshigi va yo‘laklari yong‘in tutuni bilan qoplanganligi sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro qutqaruvchilar tomonidan zudlik bilan evakuatsiya qilinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.  

 

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda hokim, Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 20:40

    Jizzaxda hokim, Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

    Mansabdor shaxslarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash sun’iy intellekt yordamida kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 19:12

    O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash sun’iy intellekt yordamida kuchaytiriladi

    Narkotiklar zarari haqida kecha-yu kunduz ma’lumot beriladigan sall-markaz ochiladi.

    'Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan sakrab, joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 08:34

    Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan sakrab, joniga qasd qildi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 07:02

    Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?

    Darakchi.uz so‘ngi vaqtlarda ko‘pchilikni e’tiroziga sababchi bo‘layotgan holat yuzasidan yozilgan maqolani e’tiboringizga havola etadi.

    'Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 20:57

    Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi

    7 qavatli uyning tomidan 2 nafar o‘smir o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgan.

    'Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:56

    Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi

    Holat tafsilotlari ochiqlandi.