AsosiyJamiyat

Mavsum mavzusi: ikki hududda OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada "uddaburon" o‘qituvchilar o‘qishga kiritish evaziga pora olayotganda qo‘lga tushdi.

'Mavsum mavzusi: ikki hududda OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda daraxt shoxlari yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:01

    Toshkentda daraxt shoxlari yonib ketdi

    Yong‘in oqibatida ikki mashina zarar ko‘rgan.

    'Toshkentda Malibu kapotida raqsga tushgan erkak jazolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15

    Toshkentda Malibu kapotida raqsga tushgan erkak jazolandi

    Erkak bu ishni trend video olish uchun qilgan.

    'Toshkentda "propiska" bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:30

    Toshkentda "propiska" bekor qilindi

    O‘zbekistonda yashash va vaqtincha turish joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibi joriy etildi.

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:12

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    12 iyul kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Buxoroda qalbaki dorilar savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.07.2025 12:09

    Buxoroda qalbaki dorilar savdosiga chek qo‘yildi

    Tekshiruv ortidan 978 quti dori musodara qilingan.

    'Samarqandda 16 yoshli qiz burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 11.07.2025 11:52

    Samarqandda 16 yoshli qiz burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi

    U nafas olishda qiynalayotgani uchun Samarqand viloyati markaziy shifoxonasiga borgan.