AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ikki hayvonni ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan ikki bosh burama shoxli echki "Qizil kitob"ga kiritilgan bo‘lgan.

'Surxondaryoda ikki hayvonni ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi'ning rasmi

Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 iyul kuni “Surxon” davlat qo‘riqxonasining “Xatak” bo‘limi, “Oltikunlik” massivida o‘tkazilgan reyd chog‘ida noqonuniy ov holati aniqlanib, Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh burama shoxli echki (morxo‘r) ovlangani ma’lum bo‘ldi.

Reyd davomida qo‘riqxona hududida qurol bilan harakatlanayotgan uch nafar fuqaro shubha uyg‘otadi, ularning harakati kuzatiladi. Ular toshloq va tik qiyaliklarda harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, masofadan binokl va mobil vositalar yordamida nazoratga olinib, harakati hujjatlashtirilib boriladi.

Nazorat davomida huquqbuzarlar morxo‘r ovlab, so‘yayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Hayvon qoldiqlari Termiz davlat universiteti huzuridagi sud-zoologik ekspertizaga yo‘naltirilib, ularning bir va uch yosh atrofidagi erkak va urg‘ochi morxo‘rlar ekani tasdiqlandi.

Mazkur holat Sherobod tumani “Katta hayot” mahallasida yashovchi X.Sh., Sh.J. hamda “Vandob” mahallasida yashovchi V.M. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Burama shoxli echki (Capra falconeri) — xalqaro miqyosda himoyalanadigan noyob hayvon turi hisoblanadi. Uni ovlash O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Prezidentning 2023 yil 31 maydagi qaroriga muvofiq, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlash holatlarida jarimalar 10 baravarga oshiriladi. Natijada mazkur holatda davlatga yetkazilgan zarar 4,5 milliard so‘m deb hisoblangan.

Hozirda holat yuzasidan hujjatlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan va tergovgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 16:09

    Toshkentda MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar ushlandi

    Ular fuqarolarga xarid qilingan avtomashinalarni nomiga o‘tkazib bermaganlikda ayblanmoqda.

    'Farg‘onada Lacetti haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 12:51

    Farg‘onada Lacetti haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

    Hodisa oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

    'Poytaxtda YPX xodimi mototsiklchi qiz bilan poyga o‘ynadi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 11:36

    'Toshkentda 7 nafar bolaning hovuzda cho‘kib vafot etish holati turli vaqtlarda sodir bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 10:17

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 08:19

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    13 iyul kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Chinozda opasini o‘ldirib, jasadini bir hafta uyida saqlagan ukaga sud hukm o‘qidi'ning rasmi

    Jamiyat 12.07.2025 21:07