AsosiyDunyo

Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar keldi

Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi.

'Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar keldi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi imzolangan farmonda belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov yozmoqda.

Farmonga ko‘ra, administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar