"O‘rikzor savdo kompleksi" yopilmasligi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
“Toshkent shahar hokimligi "O‘rikzor savdo kompleksi" MCHJning tugatilishi, buzilishi yoki rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi”, — deyiladi xabarda.
Hokimlikka ko‘ra, majmua hududidagi barcha obyektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda.