AsosiySiyosat

TIV rahbari Si Szinpin bilan nega ko‘rishdi?

Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan uchrashgani ma’lum qildi.

'TIV rahbari Si Szinpin bilan nega ko‘rishdi?'ning rasmi

Bugun, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni o‘z ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qilingan.

Shuningdek, SHHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta’minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish borasida birgalikda harakat qilishni gaplashib olishgan

    Boshqa yangiliklar