AsosiyDunyo

G‘arb mening shartlarimni qabul qilmaguncha urushni davom ettiraman — Putin

Putin Tramp bilan munosabatlarini qadrlashini, biroq Rossiya manfaatlari hammasidan ustun ekanligini aytgan.

'G‘arb mening shartlarimni qabul qilmaguncha urushni davom ettiraman — Putin'ning rasmi

Putin G‘arb uning shartlarini qabul qilmaguncha urushni davom ettiradi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH yetakchisi Donald Trampning tahdidlariga qaramay, G‘arb uning tinchlik bo‘yicha shartlariga rozi bo‘lmaguncha urushni davom ettirish niyatida", deya xabar bermoqda agentlik Kremlga yaqin manbalariga tayanib. 

Ularning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari oldinga siljigan sari Putinning Ukrainaga nisbatan hududiy talablari ham ortishi mumkin.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Putin Rossiya iqtisodiyoti va qurolli kuchlarini G‘arbning istalgan qo‘shimcha choralariga qarshi tura oladi, deb hisoblaydi. Putin, shuningdek, AQSH tomonidan Rossiya neftini xarid qiluvchilarga nisbatan joriy qilinishi mumkin bo‘lgan boj stavkalari kabi iqtisodiy qiyinchiliklarga Rossiya dosh bera olishiga ishonadi.

"Putinning fikricha, hech kim, jumladan amerikaliklar ham, u bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik shartlarini jiddiy muhokama qilmagan. Shuning uchun u o‘z maqsadiga erishmaguncha urushni davom ettiradi", — dedi Reuters manbalaridan biri.

Uning aytishicha, Putin Tramp bilan munosabatlarni qadrlaydi, biroq Rossiya manfaatlarini hammasidan ustun deb hisoblaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xarkovda ketma-ket portlashlar: Rossiya dronlari fuqarolik obyektini nishonga oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:16

    Xarkovda ketma-ket portlashlar: Rossiya dronlari fuqarolik obyektini nishonga oldi

    Shaharda atigi 20 daqiqa ichida kamida 17 ta portlash sodir bo‘lgan.

    'Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 17:03

    Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi

    Avvalroq ham Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbariga bu taklifni oshkor gapirgandi.

    'Tramp Chelsi yutgan kubokni o‘zida qoldirdi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 16:30

    Tramp Chelsi yutgan kubokni o‘zida qoldirdi

    Chelsiga esa yangisi topshirildi. Kubok 24 karatlik oltin bilan qoplangan.

    'AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 13:59

    AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi

    2025 yil iyul oyida AQSHda 1300 ga yaqin odam qizamiqqa chalingan.

    'Tramp: Rossiya urushni to‘xtatmasa, savdo qilgan davlatlarga 100 foiz boj qo‘yamiz'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 13:21

    Tramp: Rossiya urushni to‘xtatmasa, savdo qilgan davlatlarga 100 foiz boj qo‘yamiz

    AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyani urushni to‘xtatishga majbur qilish uchun yangi tahdid bilan chiqdi.

    'Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumini amalga oshirdi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 12:13

    Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumini amalga oshirdi

    Buning oqibatida 16 kishi jarohat olgan.